OʻzDJTU vakillari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tayotgan "Учу великому" dasturida ishtirok etmoqda.
14-15 noyabr kunlari Sankt-Peterburgda bo'lib o'tayotgan "Учу великому" dasturining so'nggi kunlarida OʻzDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R.U.Madjidova boshchiligida kafedra o'qituvchilari N.R.Madaminova, M.O.Nosirova, Sh.A.Alimardanova va A.R.Galyamova "Chet elliklar uchun rus tili bo'yicha zamonaviy darsliklar" va "Chet el auditoriyasida lingvomadaniyatshunoslikni o'qitish" mahorat darslarida qatnashdilar.
Tadbir yakunida o'qituvchilar Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti xalqaro faoliyat va baynalmilallashtirish bo'yicha prorektori Dmitriy Mereshkin tomonidan ta'lim intensivligidan muvaffaqiyatli o'tganligi to'g'risida sertifikatlar oldilar.
Shuningdek, u O'zbekiston bilan ta'lim sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikka umid bildirdi. Dastur so'nggida ishtirokchilar Pushkin litseyi va Yekaterina saroyiga tashrif buyurishdi.