OʻzDJTU vakillari xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etdi

Joriy yilning 6-19 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan respublikamizdagi sinolog mutaxassislar - Xitoy tili, madaniyati va siyosatini o‘rganuvchi olim va o‘qituvchilar uchun maxsus malaka oshirish dasturi tashkil etildi. 

 

 

Ushbu tadbir doirasida O‘zbekistonning turli hududlaridan 17 nafar sinolog Tyanszin shahrida joylashgan 天津师范大学 – Tyanszin pedagogika universitetida o‘quv kurslarida qatnashdi. Shuningdek, ishtirokchilar XXR poytaxti Pekin shahrida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Ushbu dasturda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchilari Diyoraxon Aliyeva va Gulrux Agzamova ham ishtirok etdi. 

Tadbir davomida Xitoy tilini zamonaviy metodlar asosida o‘qitish, sinfda interfaol munosabatlar, shuningdek, madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirish bo‘yicha tajriba oshirdi. 

 

 

Malaka oshirish kursi Xitoyning zamonaviy ta’lim texnologiyalari, metodik qo‘llanmalari va sinovdan o‘tgan amaliyotlariga asoslangan bo‘lib, o‘qituvchilarga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, Xitoy xalqining urf-odatlari, qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube