2024-yil 16-17-yanvar kunlari OʻzDJTUda Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda inklyuziv taʼlim boʻyicha seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.
Seminarning birinchi kunida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tadbirni kirish soʻzi bilan ochib berdi hamda oʻz nutqida Respublikamizda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish borasida olib borilayotgan samarali faoliyat, bu borada Britaniya Kengashi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masallariga toʻxtalib oʻtdi. 


Britaniya Kengashi direktor oʻrinbosari J. Gulyamova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, turli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan “Universitet boshqaruvi”, “Taʼlim sifatini oshirish”, “Inkluziv taʼlim” kabi loyihalar doirasidagi ishlar haqida maʼlumot berdi. 


Buyuk Britaniyalik expert Alex Hughs xonim “Inklyuziv taʼlim: xalqaro tajriba”, “Inklyuziv Universitet”, “Gender masalalari” mavzularida seminar ishtirokchilari bilan fikr almashdi hamda ushbu sohalardagi Britaniya tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. 


Seminar davomida OʻzDJTU tahsil olayotgan koʻzi ojiz talabalar, xususan PhD boʻyicha ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchi sohada mavjud muammolar va ularni yechish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi. Uning gʻoyalari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. 
Taqdimot soʻnggida, muhokamalar boʻlib oʻtdi va ishtirokchilarining takliflari tinglandi.
Britaniyalik vakillar tadbir juda qiziqarli va samarali boʻlganligini eʼtirof etishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube