O‘ZDJTUDA DSc DISSERTATSIYASI HIMOYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 13-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Musurmankulova Madina Nosirovnaning 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Bino-inshoot va qurilish ishi nomlarining rus, ingliz va o‘zbek tillaridagi qiyosiy-chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash majlisida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rasmiy opponentlar, ilmiy rahbar, taqrizchilar hamda kengash a’zolari ishtirok etdi. Himoya davomida dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalari hamda ularning tilshunoslik sohasidagi o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, talabgorning savollarga bergan javoblari tinglanib, tadqiqot yuzasidan muhokama olib borildi.
Dissertatsiya himoyasi belgilangan tartibda Ilmiy kengash majlisida ko‘rib chiqildi.
2026-10-13 09-33