2024-yil 31-yanvar kuni OʻzDJTUda “Hind tili kuni”ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirga Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Manish Prabhat va Hindiston madaniyat markazi direktori Sitesh Kumar janoblari tashrif buyurdi.

 OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov mehmonlarni bayram munosabati bilan tabrikladi. Manish Prabhat janoblari madaniy tadbirni tashkil qilishda koʻrsatilgan yordam uchun universitet rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi hamda kelgusida Hindistonning yetakchi universitetlari bilan aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashishini maʼlum qildi. 

Tadbirda talabalar tomonidan hind milliy raqs va qoʻshiqlari namoyish etildi. Madaniyat markazi tomonidan viktorina oʻtkazilib, gʻoliblarga sovgʻalar ulashildi.

2024-02-01 02-57

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi