O‘zDJTUda “Muhammad Yusufni xotirlab” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
26-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan “Muhammad Yusufni xotirlab” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev ochib berdi. O‘z nutqida u Muhammad Yusufning o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni, shoir she’rlarida milliy qadriyatlar va insoniy g‘oyalar ifodasini topgani, uning asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilinganini ta’kidladi.
Tadbirda shoirning yaqinlari va kursdosh do‘stlari ham ishtirok etib, Muhammad Yusuf bilan birga o‘tgan yoshlik yillari, unutilmas lahzalar va qiziqarli voqealar haqida iliq xotiralar bilan o‘rtoqlashdi.
Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan ushbu tadbir barchada chuqur taassurot qoldirib, shoir ijodining mangu qadrlanishidan dalolat berdi.