OʻzDJTUda Navroʻz sayli boʻlib oʻtdi
18-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 21-mart — Umumxalq Navro‘z bayrami munosabati bilan katta tantana tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, barcha ishtirokchilarni bahor va yangilanish ayyomi bilan tabrikladi.
Ushbu bayram xalqimizning boy an’analari, mehmondo‘stligi va birdamligini namoyon etdi. Universitet jamoasi Navro‘zga xos bayram kayfiyatini yaratib, barchaga unutilmas kun ulashdi.