O‘zDJTUda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zDJTUda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 30-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 



Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan universitetning 14 nafar professor-o‘qituvchisi va xodimi taqdirlandi. Shuningdek, 5 nafar professor-o‘qituvchi, xodim va talaba vazirlikning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida universitet prorektorlari so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi. Ularning ko‘p yillik samarali mehnati, ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘shayotgan hissasi hamda universitet rivojidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

 



Marosim davomida “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari hamda Faxriy yorliqlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlangan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning ism-familiyalari haqidagi batafsil ma’lumot keyingi postda e’lon qilinadi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube