“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga rasman start berildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga rasman start berildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 



Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, birinchi prorektorlari hamda sportchi talabalar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev, Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Elbek Ochilov hamda universitetning sportchi talabalari ham ishtirok etdi.

 



 Eslatib o‘tamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

 I bosqich — guruhlararo;
 II bosqich — fakultetlararo;
 III bosqich — hududiy;
 IV bosqich — respublika bosqichi.

Musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha talabalarga omad va yuqori natijalar tilaymiz! 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube