O‘zDJTUda Ozarbayjon tillar universiteti dotsenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

10-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ozarbayjon tillar universiteti dotsenti Aliyev Jeyxun Kurbanaliugli bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X.Yuldashev hamda pedagogika-psixologiya kafedrasi mudiri D.Jo‘rayev ishtirok etdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar:
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Ozarbayjon tillar universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ozarbayjon tili va madaniyati markazi”ni tashkil etish;
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Ozarbayjon tilini O‘zDJTUda ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va bu jarayonga Ozarbayjon tillar universitetidan malakali mutaxassislarni jalb etish;
Ozarbayjon fuqarolarini O‘zDJTUda bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olishga jalb etish, ularning ilgari asosan Turkiya va Rossiyada ta’lim olgani, endilikda esa O‘zbekistonga yo‘naltirilishi zarurligi;
Ozarbayjon davlat universitetidan professor-o‘qituvchilarni O‘zDJTUga taklif etib, ma’ruzalar o‘qish va seminarlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
O‘zDJTU professor-o‘qituvchilarini Ozarbayjon davlat universitetiga yuborib, ma’ruzalar o‘qish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, malaka oshirish va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

 

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube