O‘zDJTUda PhD dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti (O‘zDJTU) Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliztili nazariy aspektlari 1-kafedrasida PhD dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Kafedra yig‘ilishida Amirqulova Nargiza Amirqulqizining 10.00.04–“Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Frazeologizmlar tarkibida qo‘shma so‘zlarning kognitiv, semantik va pragmatik xususiyatlari (ingliz tili misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etildi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi mavzu doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlari, ularning dolzarbligi va amaliy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot taqdim etdi hamda ilmiy muhokama a’zolarining savollariga javob berdi.