O‘zDJTUda “Texnologik innovatsiyalar va tarjimonlik” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

27-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida “Texnologik innovatsiyalar va tarjimonlik: muammolar, imkoniyatlar, istiqbollar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov hamda Tarjimonlik fakulteti dekani Ulug‘bek Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, tarjimonlik sohasida zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va istiqbollari haqida fikr bildirdi.

 

 

Yalpi majlisda yosh tadqiqotchilarning quyidagi mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi:
 “Addressing Terminological Issues Through Technology” – Karimova O‘g‘iloy;
 “CAT Tools in Translation Process” – Abdug‘aniyeva Ulbo‘sin;
 “The Future of the Translation Profession in the Age of Artificial Intelligence: Competition or Collaboration?” – Tolibova Jasmina;
 “Cultural Equivalence in Translation: Balancing National Identity and Global Reach” – Abdullayeva Mohinur.

Konferensiya doirasida madaniy dastur – orkestr ijrosi va badiiy raqs namoyishi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Anjuman ishtirokchilar uchun ilmiy g‘oyalar, yangi yondashuvlar va samarali tajriba almashinuvi maydoniga aylandi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube