O‘zDJTUda voleybol sport turi bo‘yicha sport o‘yinlaridan fotolavha
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Sport kuni” doirasida voleybol sport turi bo‘yicha sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Unda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar jamoalari faol qatnashib, qizg‘in va murosasiz o‘yinlarda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Jarayon davomida jamoaviylik, chaqqonlik va o‘zaro hamkorlik alohida ko‘zga tashlandi.
Mazkur sport o‘yinlari sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoada ijobiy muhitni mustahkamlashga qaratildi.
