4-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida yangi tashkil etilgan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida pedagoglar uchun "Filologiya va tillarni o‘qitish", "Xorijiy til va adabiyoti", "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish kurslari boshlandi.

Mashg‘ulotlarning samarali o‘tishi va mutaxassislikka oid bilim, amaliy ko‘nikma va ma’lumotlar berish maqsadida, Markaz rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirokida malaka oshirishga kelgan tinglovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarga salohiyatli, yuqori malakali pedagoglar bilan bir qatorda mamlakatimizning yetakchi olimlari hamda tajribali amaliyotchi xodimlari jalb etildi. O‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, innovatsion uslublardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Tinglovchilar uchun mashg‘ulotlar yuqori darajada olib borilishiga o‘quv xonalari, zamonaviy yozuv vositalari, slayd-taqdimot va videoroliklar namoyish qilish uchun katta ekranli televizorlar ajratildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube