PEDAGOGIKA FANLARI BÖYIÇA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASI HIMOYASI BÖLIB ÖTDI
22-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Ğoziyeva Mastona Toştemirovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi böyiça pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi bölib ötdi.

Tadqiqotçi «Ingliz tilini öqitişda talabalarning sotsiopragmatik kompetensiyasini autentik materiallar vositasida takomillaştiriş (texnika yönalişi misolida)» mavzusidagi ilmiy işida ingliz tilini öqitiş jarayonida talabalarning sotsiopragmatik kompetensiyasini autentik materiallar asosida rivojlantiriş masalalarini tadqiq etgan.
Himoyada Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, dissertatsiya işining ilmiy rahbari hamda rasmiy opponentlar iştirok etdi.
Ilmiy kengaş majlisi oflayn va ZOOM onlayn platformasi orqali taşkil etildi.
