27-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishida tayanch doktorant Komilova Gulmira Olimovnaning 10.00.06– Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Bilingual sheʼriyatda lingvopoetik vositalarning qiyosiy tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi. 

 

 

 

Kafedra muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, savollarga asosli javob berdi. Rasmiy va norasmiy taqrizchilar tadqiqotchiga oʻz tavsiyalarini berishdi. 

 

 

Tayanch doktorant Murodova Dilnavoz Nizomovnaning 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi asosida yozgan “Fenimor Kuper romanlarida hindular obrazi poetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga berilgan taqrizlardagi taklif-mulohazalar yuzasidan amalga oshirgan tuzatishlari boʻyicha hisoboti tinglandi. Dissertatsiya keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube