PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 8-yanvar kuni soat 10:00 da an’anaviy (offline) hamda ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Ilmiy kengash majlisida Abdusalomov Firuz Abduxoliqovichning

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha

“Ingliz va o‘zbek tillari harbiy diskursida buyruq maylining sotsiolingvistik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.

Himoya jarayonida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, shuningdek, rasmiy opponentlar ishtirok etib, dissertatsiya ishi yuzasidan o‘zlarining ilmiy xulosalari va baholarini bildirdilar.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va metodologik asoslanganligi hamda amaliy ahamiyati alohida qayd etildi. Himoya belgilangan me’yoriy talablar asosida, ochiq va konstruktiv muhitda tashkil etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube