Rahbar va yoshlar uchrashuvi: O‘zDJTUda “Yoshlar kuni” tadbiri
2026-yil 26-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan universitet rahbariyati va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan tashkil etildi. Shu tariqa, universitetda bu tadbir har hafta payshanba kunlari muntazam o‘tkazilib kelmoqda.
Uchrashuvni Rektor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ochib, ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirdi. Tadbirda Uchtepa tumani hokimi Mamadjanov Bunyod Baxtiyorovich, Uchtepa tumani prokurori Muxtarov Saidkarim Saidamirovich va Uchtepa tumani ichki ishlar organlari boshlig‘i Baxramov Akmal Abdulxayevich ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda talabalar o‘z savol va tashabbuslari bilan faol qatnashib, rahbarlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida ta’lim, bandlik, kasb tayyorlash va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Rahbarlar yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, istiqboldagi rejalar va amaliy yordamlar haqida batafsil ma’lumot berib, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratdilar.