RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar turar joylari masalasi yuzasidan talaba murojaati tarqaldi. 

“Universitetga tegishli boʻlgan 7 ta talabalar yotoqxonasiga 3 mingdan ortiq talabalar qamrab olingan boʻlsa-da, 8,5 mingdan ortiq talabalar ijara uylarda yashamoqda. 

Hozirgi kunda yotoqxonaga boʻlgan ehtiyojmand talabalarning talablaridan kelib chiqib, mavjud yotoqxonalarga qoʻshimcha oʻrinlar yaratishga harakat qilmoqdamiz. Buning uchun boʻsh joylarga qoʻshimcha oʻrinlar olib kelib, oshxona va sanitariya xonalari uchun zarur uskunalar olib kelib oʻrnatilmoqda. Shu yoʻl bilan navbatlarning ortib ketishiga barham berishimiz mumkin boʻladi.

Shuningdek, TTJlarga qatʼiy grafik tatbiq etiladi va ichki qoidalarga rioya qilishga katta ahamiyat beriladi. Bu esa talabalar oʻrtasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan nizolar va navbatlarning oldini olishga imkon beradi.”

Xabarlarda tarqagan masala bo’yicha O’zDJTU rahbariyati avvalroq rasmiy munosabat bildirgan edi.  (https://t.me/UzSWLU/13901)

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube