RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Uçtepa tumani, Zakovat köçasi, 4-uyda joylaşgan öquv binosida talabalarni binoga kiritiş tartibi, xavfsizlik çoralari, içki tartib-qoidalar, kiyiniş madaniyati hamda ayrim tyutorlarning talabalar bilan munosabati yuzasidan video murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat universitet maʼmuriyati tomonidan eʼtiborga olinib, unda kötarilgan masalalar ayni paytda jiddiy va atrofliça örganilmoqda. Holatga huquqiy va taşkiliy jihatdan baho beriş hamda zarur çoralarni belgilaş böyiça masʼullar jalb etilgan.

Taʼkidlaş joizki, 2026-yil 24-oktabrdagi 03-311-sonli Vazirlik xatida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mazkur öquv binosida masʼul dekan örinbosarlari, xodimlar va tyutorlar iştirokida profilaktik-ogohlantiriş tadbirlari ötkazilgan. Unda talabalarga içki tartib-qoidalarga rioya qiliş, darslarga öz vaqtida yetib keliş, kiyiniş madaniyati, xavfsizlik talablari, taqiqlangan buyumlarni olib kiriş oqibatlari, şuningdek, yonğin va texnik xavfsizlik masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berilgan.

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi talabalarni belgilangan talablar bilan taniştiriş va ogohlantirişdan iborat bölgan. Jarayon davomida talabalarning dars maşğulotlariga kirişi çeklanmagan, taʼlim oliş huquqiga tösqinlik qilinmagan. Talabalarni darsga kiritmaslik yoki asossiz ravişda uşlab turiş böyiça topşiriq berilmagan.

Şu bilan birga, masʼul xodimlar va tyutorlar talabalar bilan muloqotda pedagogik odob, kasbiy etika va xuşmuomalalik meʼyorlariga qatʼiy rioya etişlari şart. Talabalarning şaʼni va qadr-qimmatini kamsitiş, ularga qöpol munosabatda böliş hamda dars maşğulotlariga asossiz tösqinlik qilişga yöl qöyilmaydi.

Kelgusida bunday holatlarning oldini oliş, xavfsizlik va içki tartib-qoidalar talablariga rioya etilişini taʼminlaş universitet rahbariyati tomonidan nazoratga olinadi. Örganiş natijalariga köra tegişli çoralar köriladi.

Universitet rahbariyati talabalar xavfsizligini taʼminlaş bilan bir qatorda, ularning taʼlim oliş huquqi, şaʼni va qonuniy manfaatlarini himoya qilişni ham ustuvor vazifa deb hisoblaydi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube