Rektor barcha talabalar turar joylarida bayram muhitini o‘rgandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov bayram kunlari universitetga qarashli barcha talabalar turar joylarida bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar hamda tashkil etilgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, kayfiyati hamda bayramni qanday o‘tkazayotgani o‘rganildi.

Shuningdek, TTJlarda o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari ko‘zdan kechirildi. Rektor ayrim sport musobaqalarida talabalar bilan birga ishtirok etib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish muhimligini alohida ta’kidladi.

Bundan tashqari, u barcha TTJlarda talabalar bilan birga kechki ovqatga tayyorgarlik jarayonlarida ham ishtirok etdi, bu esa bayram muhitini yanada iliq va samimiy qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube