31-may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.

Sankt-Peterburg davlat universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Andryushin Sergey Vladimirovich, Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali direktori Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich, filial direktorining Оʻquv ishlari boʻyicha muovini Rubsov Artyom Sergeyevichdan iborat delegatsiyaning tashrifi OʻzDJTU rahbariyati vakillari ishtirokidagi uchrashuv bilan boshlandi.

Uchrashuvda OʻzDJTU tomondan rektor Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik boʻyicha boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻlimi boshligʻi N.Abdullayeva, Rus filologiyasi fakulteti dekani A.Raxmanov ishtirok etdi.

Unda Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan ingliz va rus tillari yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali magistraturasiga xitoy tili yoʻnalishi bitiruvchilarini jalb qilish, OʻzDJTU qoshidagi rus tili boʻyicha “RKI test markazi” ishini tashkil qilish, Rus va boshqa tillar, tarjimonlik fakulteti oʻqituvchilari uchun 144 soatlik malaka oshirish kurslarini tashkil qilish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube