RUS FILOLOGIYASI FAKULTETIDA DEKAN VA GURUH SARDORLARI UÇRAŞUVI BÖLIB ÖTDI!

RUS FILOLOGIYASI FAKULTETIDA DEKAN VA GURUH SARDORLARI UÇRAŞUVI BÖLIB ÖTDI!

 Bugun, 16-noyabr kuni, Rus filologiyasi fakulteti dekani, professor A. B. Raxmonov fakultetning 1-4-kurs guruh sardorlari bilan uçraşuv ötkazdi.

 Uçraşuv oçiq muloqot, özaro hurmat va konstruktiv fikr almaşiş ruhida bölib ötdi.

Muloqot davomida guruh sardorlari faol iştirok etib, talabalarni qiziqtirayotgan dolzarb savollarni örtaga taşladilar, öz taklif va taşabbuslarini bildirdilar. Şuningdek, ta’lim jarayonini takomillaştiriş, talabalar hayotini yanada mazmunli taşkil etiş yuzasidan qator qiziqarli ğoyalar ilgari surildi.

Uçraşuvda talabalarning taşabbuskorligi, mas’uliyati, fakultet hayotidagi faol iştiroki hamda talabalar bilan fakultet rahbariyati örtasidagi samarali muloqotni mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Uçraşuvning asosiy ğoyasi - har bir talabaning fikri muhim!

Guruh sardori nafaqat akademik guruh vakili, balki talabalar va fakultet rahbariyati örtasidagi muhim boğlovçi böğin, yangi ğoyalar taşabbuskori hamda ijobiy özgarişlarga hissa qoşuvçi faol yetakçidir.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube