4-yanvar kuni O’zDJTU Xaqaro jurnalistika fakultetida professor-o’qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Treningda O’zDJTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha 1-prorektor V. Sa’diyev, fakultet Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri N. Jo’rayev va fakultet mas’ullari moderator sifatida ishtirok etdi.
Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Ma’naviyat va ma’rifat respublika kengashining kengaytirilgan videoselektor yig’ilishida qilgan ma’ruzasi mazmun-mohiyati, undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, Kasb axloqi normalari to’g’risidagi Nizom qoidalari, Korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’ruza qilindi.
2024-01-04 03-52