16- dekabrdan boshlab Namangan viloyatida tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

To‘rt kun davomida bo‘lib o‘tadigan seminarda ishtirokchilarga mahallabay ishlash tizimining zamonaviy va samarali usullarini joriy qilish orqali iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, joylardagi muammolarni hal etishda mahallalardagi vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini mazmun mohiyatini tushuntirish, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibni saqlash, mahalla va ko‘chalarning xavfsiz bo‘lishini ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishga ko‘maklashish, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalardagi aholini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir zarur bilimlar beril borilmoqda.

Seminarlarga oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov mazkur seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘quv jarayonlarini tashkil etishda mas’ul  vakili sifatida ishtirok etmoqda.

Seminarlarda Ilxomjon Tuxtasinov Prezidentimizning 2024-yil 18 — 20-noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidagi nutqlarida ijro organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek, ushbu o‘quv-seminarda yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘layotgan yangiliklar, o‘zgarishlar, aholi muammolarini hal etishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube