Shu yilning 3-dekabr kuni O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti, Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingivistik ta'minoti kafedrasi tomonidan fakultetning 4-bosqich talabalari uchun Hindistonning nomdor Dehli universiteti professori Dr. Ujjwal Jana ishtirokida  seminar- trening tashkillashtirildi.

"The History of Translation" ("Tarjima tarixi") mavzusida bo'lib o'tgan seminar-treningda hind professori Ujjwal Jana hamda kafedra professor-o'qituvchilari  tarjima turlari, jumladan intralingual, interlingual , intersemiotik tarjima  haqida talabalarga ma'lumotlar berishdi hamda mavzuni misollar yordamida tahlil qilishdi. 

Shuningdek, seminarda tarjima sohasidagi tarixiy yutuqlar, o'zgarishlar va rivojlanish bosqichlari, qadimiy asarlarning tarjima tarixi haqidagi bilimlar ulashildi.

Talabalar ham seminar-treningda faol ishtirok etib, savollar berishdi hamda ustozlardan savollariga javob olishdi. Seminar-trening  bahs-munozaralarga boy bo'ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube