Sergeli tumani 104-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagi doirasidagi mashg‘ulotlar izchil davom etmoqda.
2026-yil 9-fevral kuni ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi o‘qituvchisi Gulmira Juraboyeva tomonidan navbatdagi dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Ushbu darsda o‘quvchilarga ingliz tilidagi yangi mavzu tushuntirilib, uni samarali o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar “It is a boy” va “It is a girl” birikmalarini yozma hamda og‘zaki tarzda qo‘llashni o‘rgandilar. Interaktiv o‘yinlar va amaliy mashqlar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi yanada oshdi, bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Uyga berilgan vazifalar ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga harakat qildilar. Og‘zaki va yozma mashqlar orqali har bir o‘quvchining faolligi qo‘llab-quvvatlandi hamda ularning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi yanada kuchaydi.