Sport – sog'lom turmush tarzi garovi!

Sport – sog'lom turmush tarzi garovi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti IPMBIB boshlig‘i F.Xabiyeva hamda mutaxassis D.Matyakubova tashabbusi bilan "Rahbarlar boshchiligida ommaviy sport bayrami: yoshlar, xodimlar va mahalla aholisi ishtirokida turli sport musobaqalarini o‘tkazish" mavzusi doirasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar, universitet xodimlari va mahalla aholisini sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sport orqali do‘stona muhitni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan voleybol musobaqasi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, unutilmas taassurotlar va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube