“Sportchi — yurt himoyachisi”: O‘zDJTUda voleybol bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqalar boshlandi

27-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti sport majmuasida talaba-yigitlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha universitet birinchiligi musobaqalari start oldi. Sport oyligi doirasida o‘tkazilayotgan bellashuvlar “Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida tashkil etildi.

 

 

Musobaqalarning dastlabki — saralash bosqichlarida fakultet jamoalari o‘zaro keskin va murosasiz bahslarda kuch sinashdi. Yakunda eng yaxshi to‘rt jamoa sovrinli o‘rinlar uchun final bosqichiga yo‘l oldi.

28-may kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi bellashuvlar:
3-o‘rin uchun uchrashuv: Ingliz filologiyasi fakulteti jamoasi Sharq filologiyasi fakulteti jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

 

 

Final uchrashuvi: Xalqaro jurnalistika fakulteti jamoasi Tarjimonlik fakulteti jamoasi bilan universitet chempioni unvoni uchun bellashadi.

Musobaqaning asosiy maqsadi – talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport orqali vatanparvarlik ruhini yuksaltirishdan iborat.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube