“Sportchi – yurt himoyachisi”: Stol tennisi bo‘yicha universitet birinchiligi bo‘lib o‘tdi
16-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti sport majmuasida sport oyligi doirasida “Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostida talabalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha universitet birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada universitetning barcha fakultetlaridan jami 100 nafar talaba-yoshlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Bellashuvlar sport ruhida, sog‘lom raqobat va do‘stona muhitda o‘tdi.
Musobaqa yakunida quyidagi talabalar sovrindor deb topildi:
Talaba-yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Qodirov Yaxyomirza (Tarjimonlik fakulteti)
2-o‘rin – Eshtemirov Akbar (Tarjimonlik fakulteti)
3-o‘rin – Tursunaliyev Abdulaziz (Ingliz tili 3-fakulteti)
Talaba-qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Qahramonxujayeva Lolaxon (Xalqaro jurnalistika fakulteti)
2-o‘rin – Safarova Sabrina (Rus filologiyasi fakulteti)
3-o‘rin – Shuhratova Kamola (Tarjimonlik fakulteti)
G‘olib va sovrindor talabalar universitet tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqa talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ularning jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.