OʻzDJTU Axborot-resurs markazida "Kitobxonlik targ'iboti" haftaligida doirasida tadbir tashkil etildi. 

16-oktyabr kuni ARM direktor o'rinbosari M.Muxamedjonova, Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari va 1-bosqich talabalari ishtirokida Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi professori, O'zbekiston nemis tili o'qituvchilari assotsiatsiyasi raisi, Germaniya-O'zbekiston Ilmiy Jamiyati raisi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, 300 dan ortiq tarjimalar muallifi Xurram Rahimovich Rahimov bilan davra suhbati o'tkazildi.

Suhbatda X.Rahimov bir asarni tarjima qilish uchun ikkala tilning qonuniyatlarini bilish va nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ijodkor oʻzi tarjima qilgan Alisher Navoiyning "Munojat" asari to'g'risida ham gapirib oʻtdi. 

Mehmon, xususan, komil inson bo'lish uchun ko'proq o'qish, izlanish, vaqtdan unumli foydalanish va yana boshqa nimalarga e'tibor berish kerakligi to'g'risida talabalarga koʻplab tavsiyalar berdi.

Dastur so'ngida esa talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga ijodkordan manfaatli javoblar olishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube