Bugun 10-dekabr kuni O‘zDJTUda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir odatga ko‘ra, Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Tadbirda universitet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev ochib berdi hamda barcha yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi.

Tarix fanlari bo‘yicha fan doktori, professor Dilorom Bobojonova yig‘ilganlarga madhiyaning qabul qilish jarayonlari va tarixi haqida so‘zlab berdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube