"TALABALAR LIGASI" sport musobaqalarining I bosqichi davom etmoqda

Joriy yilning 16-fevral kuni OʻzDJTU talaba-yigitlari va qizlari oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha "Talabalar ligasi" musobaqalarining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Ushbu musobaqada yigitlardan 30 nafar, qizlardan esa 50 nafar sportchilar gʻoliblik uchun dona surishdi. 

 

 

Har bir bahs qizgʻin va murosasiz kechdi. Yakunda natijalar quyidagicha boʻldi:

Talaba-yigitlar oʻrtasida: 
1-oʻrin - Nurnazarov Inson - Xalqaro jurnalistika fakulteti.
2-oʻrin - Rahimjonov Muhammaddiyor - Xalqaro jurnalistika fakulteti. 
3-oʻrin - Oʻrolov Jamshid - Xalqaro jurnalistika fakulteti.

Talaba-qizlar oʻrtasida:
1-oʻrin - Muhammadova Ferangiz - Ingliz tili 2-fakulteti.
2-oʻrin - Shokirjonova Gavharoy - Xalqaro jurnalistika fakulteti. 
3-oʻrin - Baratova Manzura - Ingliz filologiyasi fakulteti.

Mazkur musobaqa gʻoliblari shaxmat boʻyicha "Talabalar ligasi" musobaqalarining Toshkent shahar bosqichida universitetimiz sharafini himoya qilishadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube