Talabalar muammosini oʻrganish maqsadida bugun OʻzDJTU rektori universitetning Tarjimonlik fakultetida ham boʻldi.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov tashrif davomida yakuniy nazorat imtihonlarini kuzatdi va talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Talabalar duch kelayotgan muammolarni soʻrab, bu borada universitetda amalga oshiriladigan ishlar va rejalar haqida maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, hozirgi yakuniy imtihon jarayonlarida faol qatnashish va har qanday korrupsion hollarga yoʻl qoʻymaslik, agar shunday hollarga duch kelinsa, universitet rahbariyatiga murojaat qilishni taʼkidladi.