Ingliz tili 1-fakulteti rahbariyati universitet talabalarining yashash sharoiti va turmush tarzi bilan yaqindan tanishish maqsadida talabalar turar joyida va ijarada turuvchi talabalarning xonadonida boʻlishdi.

Birinchi manzil universitetning  1,2,5,6-sonli talabalar turar joyi boʻldi. U yerda talabalar bilan uchrashib, turar-joy majmuasining ichki-tartib qoidalarga amal qilish, umumiy foydalanish xonalaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib bordi.

Shuningdek, ijara xonadonlarida istiqomat qiladigan talabalar xolidan ham xabar olib, ularning yashash sharoitini koʻzdan kechirdi. Talabalar yashash joylaridagi mahalla raislari, qoʻshni xonadonlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yaxshi munosabatda boʻlish hamda gaz va  elektr energiyasidan toʻgʻri foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar berib oʻtdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube