“Xavfsiz va soğlom yurt oyligi” doirasida profilaktik uçraşuv ötkazildi
Özbekiston davlat jahon tillari universitetida “Payşanba — yoşlar kuni” doirasida “Xavfsiz va soğlom yurt oyligi” munosabati bilan talabalar iştirokida profilaktik uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori vazifasini bajaruvçi M. Çutpulatov oçib berdi. U öz nutqida yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda universitetda xavfsiz va soğlom muhitni mustahkamlaş muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Şuningdek, universitetda “Xavfsiz va soğlom yurt oyligi” doirasida bir qator profilaktik, maʼnaviy-maʼrifiy va tarğibot tadbirlari amalga oşirilayotgani, bu borada huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda iş olib borişga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi. Xususan, talabalarni turli salbiy illatlardan asraş, giyohvandlik, huquqbuzarlik, zöravonlik va internet orqali sodir etiladigan jinoyatlarning oldini oliş ustuvor vazifalardan biri ekani taʼkidlandi.
Tadbirda Uçtepa tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği, polkovnik Farruh Kamaliddinoviç Ğiyosov, boşqarma boşliği örinbosari, podpolkovnik Oçilov Abduraşid Abduhamidoviç hamda universitetning masʼul xodimlari iştirok etdi.
Uçraşuv davomida yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, qonunlarga hurmat bilan munosabatda böliş, turli salbiy taʼsir va notöğri takliflarga berilmaslik, internet hamda ijtimoiy tarmoqlardan oqilona va xavfsiz foydalaniş masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Mutaxassislar tomonidan talabalarga giyohvandlik, zöravonlik va boşqa huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, ularning oldini oliş çoralari hamda har bir yoşning öz kelajagi uçun masʼuliyatni his etişi zarurligi haqida tuşunçalar berildi.
Oçiq muloqot davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Uçraşuv yoşlarning huquqiy bilimi va madaniyatini oşiriş, ularni turli salbiy illatlardan asraş hamda universitetda xavfsiz va soğlom muhitni mustahkamlaşga qaratildi.
2026-11-26 10-30