18-19-noyabr kunlari O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari respublika ekologik treningida ishtirok etdi. 

 Xalqaro jurnalistika fakultetida “Ekolog” jamoat birlashmasi va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan “Yoshlar uchun iqlim ta'limi: Barqaror kelajak sari qadamlar” mavzuida 2 kunlik trening o’tkazildi.

Unda fakultetning 40 ga yaqin talabalari ishtirok etib “Ekolog” jamoat birlashmasi vakillari Nargis Qosimova, Feruzbek Sayfullayev, xalqaro ekspert Natalya Idrisova tomonidan muhim ekologik bilimlar oldi. 

 Enderjayzer, aqliy hujum, bahs-munozara, guruhlararo ishlash kabi metodlarda talabalar global iqlim o‘zgarishi, iqlim o‘zgarishiga moslashish, mavzuni OAVda yoritish kabi yo‘nalishlarda amaliy tajribalarini mustahkamladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube