14-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixolog Z.Xayrullayeva bilan "Muammoli talabalar bilan ishlash ko‘nikmalari" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ingliz tili birinchi, ikkinchi va uchinchi fakultetlari hamda Tarjimonlik, Kechki va Sirtqi ta’lim fakultetlari tyutorlari ishtirok etdi.
Seminar-treningning asosiy maqsadi – destruktiv xulq-atvor turlari, ularning shakllari hamda psixologik holatlarning oldini olish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish edi. Trening davomida tyutorlarga ushbu muammolarni aniqlash, to‘g‘ri yondashuv usullarini ishlab chiqish va samarali pedagogik hamda psixologik metodlarni qo‘llash bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berildi.
Trening doirasida:
Tyutorlarning muammoli talabalar bilan ishlashda qo‘llashi mumkin bo‘lgan zamonaviy psixologik metodlar tahlil qilindi;
Destruktiv xulq-atvorning asosiy sabablari va ularning oldini olish yo‘llari muhokama qilindi;
Talabalar bilan samarali muloqot o‘rnatish va muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Trening jarayonida tyutorlar o‘z ish faoliyatini yanada takomillashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishdi. Seminar ko‘tarinki ruhda, interaktiv muhitda o‘tkazilib, ishtirokchilarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba ham ulashildi.
Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy