Turkiya elchixonasi tomonidan yuborilgan tajribali mutaxassis O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida faoliyat boshladi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari 5-aprel kuni Turkiya Respublikasi elchixonasi tomonidan yuborilgan tajribali mutaxassis – dotsent Muhammed Ikbal Guler bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muhammed Ikbal Guler O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 5 yilgacha turk tili va adabiyoti fanidan dars berishi rejalashtirilgan. U Turkiyaning 19-may universiteti Ijtimoiy fanlar instituti huzuridagi Turk tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti hisoblanadi.
Uchrashuv davomida Muhammed Ikbal Guler universitetdagi ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi hamda o‘z takliflarini bildirdi. U turk tili o‘qituvchilari uchun o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish, shuningdek, Turkiyadan qo‘shimcha o‘qituvchilarni jalb etishni taklif qildi. Bu tashabbuslar universitetda turk tilini chuqur o‘rganishga katta zamin yaratadi.