Turkiya–O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi
2026-yil 14-aprel kuni “Qadim so‘z izidan: umumiy til va adabiyot mutaxassislari almashinuvi” dasturi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Qahramanmaraş Sütçü İmam universiteti rektori, professor İbrahim Taner Okumuş bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, o‘zaro anglashuv va aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan memorandumlar imzolandi.

Kun davomida ishtirokchilar davra suhbati shaklida tashkil etilgan uchrashuvlarda qatnashib, ta’lim jarayonlari, til o‘qitish metodikasi hamda ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida tajriba almashdilar.
Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Qahramanmaraş viloyati hokimi Mükerrem Ünlüer bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va ta’limiy aloqalarni yanada mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.
Mazkur xalqaro loyiha Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida ilmiy, ta’limiy hamda madaniy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.