Joriy yilning 31-yanvar kuni rektor I.Tuxtasinovning Pokiston Islom Respublikasini Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Ahmed Faruq va elchi yordamchisi Muhammad Ramzan janoblari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.


 
Muloqot chogʻida tomonlar ikki mamlakat oliygohlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va rivojlantirish, OʻzDJTUda urdu tilini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish, Urdu tili markazini oshish, talaba, oʻqituvchi va tadqiqotchilar almashinuvini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. 

I.Tuxtasinov Pokistonlik yoshlarni bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish, yozgi maktablarga kelib oʻzbek tili, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyorligini maʼlum qildi.

2024-01-31 08-56

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi