4-aprel kuni O'zDJTU rahbariyatining Koreya Хalqaro hamkorlik agentligi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qildi. Xususan, Oʻzbekistonda koreys tili va madaniyatini oʻqitish, universitetda 850 000 AQSh dollariga teng 2024-2027 yillarga moʻljallangan loyihani amalga oshirishning oʻquv-uslubiy, moliyaviy va tashkiliy jihatlari boʻyicha fikr almashildi.
Uchrashuvda, kelishuvga koʻra, Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi va O'zDJTU oʻrtasida oʻquv dasturlarini takomillashtirish, oʻqituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini kengaytirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish kabi masalalar boʻyicha rejalashtirilgan yo'nalishlar belgilab olindi.