20-iyun kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov Buyuk Britaniyaning Portsmouth universitetiga 150 soatlik malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun jo'nab ketayotgan universitet rahbar-xodimlari va professor-o'qituvchilarini qabul qildi.
Muloqot chog'ida xorijda bo'lish davrida O'zbekiston va universitetni munosib tarzda namoyish etish, o'qitishning ilg'or metodlarini, shuningdek, hamkor universitetning boy tajribasini o'rganish, ilmiy salohiyati bilan tanishish va undan samarali foydalanish, safardan qaytgandan so'ng orttirilgan tajribani ta'lim jarayoniga keng jalb qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Shu bilan birga, turli oqimlar va guruhlar ta'siriga tushib qolmaslik, mamlakatning ichki tartib qoidalariga qat'iy amal qilish lozimligi ta'kidlandi.
Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor A.Nasirov malaka oshirish kurslaridan unumli foydalanish, ilmiy maqolalar chop ettirishga harakat qilish lozimligini aytib o'tdi.
Bundan tashqari, Porstmouth universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish, til sohiblarini O'zDJTUga jalb qilish, talabalar uchun yozgi lagerlar tashkil etish borasidagi takliflarni yetkazish bo'yicha topshiriqlar berildi. Tadbir so'nggida hammaga oq yo'l tilab, ezgu tilaklar bildirildi.