6-noyabr kuni O‘zDJTU universiteti rahbariyati vakillari bilan Eronning Alloma Tabotabai universiteti rahbarlari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda  Eronning Alloma Tabotabai universiteti prezidenti  Dr. Shaja Axmadvand hamda Eronning O‘zbekiston bilan ilmiy sohada hamkorlik bo‘yicha kuratori Dr. Ilyasi hamda universitet vakillari O‘zDJTU tomonidan rektor I. Tuxtasinov,  Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, 2-chet tili kafedrasi mudiri A. Yuldashev va boshqalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama etildi:

Talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
 Fors tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
 O‘zDJTUga til sohiblari – fors tili o‘qituvchilarini taklif qilish;
 Fors tili bo‘yicha darslik va o‘quv adabiyotlari olish, hammualliflikda yangi darsliklar yaratish;
Jurnalistika va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
 Ilmiy sohada hamkorlik qilish, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini tashkil qilish;
 Alloma Tabotabai universiteti rus tili guruhi talabalarining Rus filologiyasi fakultetida stajirovka va amaliyotini tashkil qilish;
 Yozgi maktablar tashkil qilish;


Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube