O’zDJTU hamkorligida ochilgan Moskva davlat lingvistika universiteti bitiruvchisi va hozirda Moskva davlat lingvistika universiteti magistranti Turebayeva Nigora Mamirovna Minsk shahrida boʻlib oʻtgan “Slovyan universitetlari birinchi yoshlar forumi” da ishtirok etdi.

U oʻz chiqishida, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida mavjud boʻlgan Qoʻshma taʼlim dasturlari talabalariga berilgan bir qator imtiyozlar haqida gapirib oʻtdi. 

Shuningdek, universitetda magistrant, til va madaniy almashinuv malakalarini ishlab chiqish va amaliyotda qoʻllash imkoniyatlaridan tashqari, qoʻshma dasturlar, xalqaro koʻp oʻlchamli oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish imkoniyatlari tashkil etayotganini taʼkidlab oʻtdi.   

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube