Universitetda Innovatsion Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Innovatsion Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish jarayonlarining o‘zaro uzviy bog‘liqligini ta’minlaydigan “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish masalasi keng muhokama qilindi.
Yig‘ilishda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga investitsiyalar jalb etish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga texnoparklar, forsayt markazlari, texnologiyalar transferi ofislari, startap va akselerator markazlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Innovatsion faoliyatni barcha yo‘nalishlarda keng joriy etish, talabalar tomonidan ilgari surilayotgan startap loyihalarni amalga oshirish uchun zarur imkoniyat va qulay sharoitlar yaratishga doir takliflar bildirildi.
Shuningdek, universitetni 2025-yilda rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va istiqboldagi rejalar muhokama qilinib, kelishib olindi.