Yurtimizda ta’lim tizimida Finlandiya tajribasini qo‘llash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bois, O‘zDJTU Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining malakali o‘qituvchisi Finlandiyaning Yuvaskula davlat universiteti va boshqa tashkilotlarga tajriba almashinuvi hamda “Uzluksiz ta’lim” konsepsiyalari loyihasini o‘rganish bo‘yicha safardan qaytganligi munosabati bilan talabalar uchun taqdimot o‘tqazdi.
“Ularning ta’lim tizimini o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Finlyandiyada o‘quv dasturlari o‘quvchilarga berilayotgan har qanday bilimlarni amaliyotga qanday va qayerda qo‘llashni o‘rgatishga, ijodiy va erkin fikrlashga undashga yo‘naltirilgan” —deydi Ingliz tili o‘qituvchisi D.Zulpiyeva.
Talabalar Finlandiya ta’lim dasturi haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishganidan mamnun.
Shuningdek, bugun O‘zDJTUda tashkillashtirilgan mini futbol musobaqasida mazkur bo‘lim yigitlari, jamoalar bilan birgalikda o‘yinga tushishdi.