18-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Birlashgan Arab Amirliklari vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida rektor Ilxomjon Tuxtasinov hamda Birlashgan Arab Amirliklari Oliy taʼlim ishlari boʻyicha eksperti Hasan Al-Hashimiy bilan uchrashuv tashkil etildi.
Shuningdek, dasturda OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori A.Nasirov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yoʻldoshev, Arab tili kafedrasi mudiri K.Qodirova ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Birlashgan Arab Amirliklari OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, talabalar uchun yozgi/qishki lagerlar tashkil qilish, BAA jamgʻarma va fondlari mablagʻlari hamda grantlarini jalb qilgan holda:
Arab tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish;
Ilmiy tadqiqot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish;
Arab tili boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalarni olish, hammualliflikda darsliklar yaratish;
Arab tili mutaxassislarini OʻzDJTUga jalb qilish kabi tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.