7-may kuni OʻzDJTU da "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Xalqaro anjuman doirasida Jahon adabiyotining durdona asarlari tadqiqi, Sharq va Gʼarb adabiy jarayoni, Oʻzbek va jahon adabiyotining qiyosiy talqini, tarjimashunoslik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy anjumanga boshqa davlat hamkor universitetlaridan vakillar tashrif buyurdi. Xalqaro anjumandan koʻzlangan maqsad, oʻzbek va jahon adabiyoti namoyandalarining hamkorligini kuchaytirish, turkiy xalqlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdan iborat.