2024-yil 24-aprel kuni O’zDJTU  O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba”  mavzusidagi xalqaro anjuman tashkil etildi. 

 

 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Moskva davlat  lingvistika universiteti, Oltoy davlat universiteti, Qozon federal universiteti, Patrisa Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, AQSHning Indiana universiteti, Yaponiya Dokkyo universiteti, Pekin chet tillar universiteti,  Italiyaning L.Bokkoni nomidagi tijorat universiteti, Milan davlat universiteti, Turkiyaning Ankara universiteti, Istanbul universiteti, Bartin universiteti, Nevshehir universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Cho‘qon Valixonov nomidagi Ko‘kshetau universiteti,  Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining umumta’lim maktablari hamkorligida o’tkazilgan anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1.  Respublika filologik va nofilologik OTMlarida o‘zbek tilini o‘qitish muammolari.
2.  O‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb muammolari va istiqbollari. 
3.  Raqamlashtirish davrida til va adabiyotni  o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari.
4.  Davlat tili sofligini saqlash va nutq madaniyatini yuksaltirish masalalari.  
5. Til ta’limida adabiyot, madaniyat va san’atning mushtarakligi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube